Samarqand davlat universitetiga Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Hasan Safarxoniy tashrif buyurdi…
Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.
Tarix, fors tillari va madaniyati, kompyuter texnologiyalari, sun’iy intellekt, va matematika kabi ta’lim yo‘nalishlari va muhandislik fizikasi sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda Eron Islom Respublikasi universitetlari va Samarqand davlat universiteti o‘rtasida yozgi, qishki maktablarni tashkil qilish hamda magistratura va doktorantura bosqichlarida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Hasan Safarxoniy Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti professori Sadri Sa’diyevga Eronning fors tili va adabiyoti akademiyasiga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xatni topshirdi.











