Xitoy Xalq Respublikasining Tsinghua universiteti “Oʻzbekistonda ipak va adabiyot” kafedrasiga qarashli ijtimoiy amaliyot boʻlimi delegatsiyasi Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga Li Chjansin boshchilik qildi. U  Ijtimoiy akademiya partkomi huzuridagi oʻquv-ilmiy tadqiqot ishchi guruhi rahbari, shuningdek Yozma nutq va kommunikatsiya markazi oʻqituvchisi hisoblanadi.

Tashrif doirasida xitoylik talabalar uchun qishki amaliyotni Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shu munosabat bilan delegatsiya Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetlari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirgan.