Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupovning Samarqand oliy ta’lim muassasalarining ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raislari va kotiblari, doktorantlar hamda tadqiqotchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov ishtirok etdi.

    Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, dissertatsiya himoyalarini amalga oshirish jarayoniga oid yangiliklar va mavjud muammolar muhokama qilinib, tadqiqotchilarning savollariga javoblar berildi.