Adabiyot bayrami

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, adib, mohir jurnalist Nurulloh Ostonovning 70 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
Anjumanda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Subxon Abbosov, Markaziy Osiyo xalqlari, tillari va madaniyati instituti direktori, professor Jo’liboy Eltazarov, “Samarqandim” – “My Samarkand” jurnali Bosh muharriri Farrux Hamroyev, shoirning yaqinlari va bir qator jurnalistlar ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati tomonidan Nurulloh Oston hayoti va ijodiga bag’ishlab tayyorlangan film namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tabrigi o’qib eshittirilib, sovg’alar topshirildi.
Nurulloh Oston tadbir ishtirokchilarga ijod namunalaridan o’qib eshittirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.