SamDU va İnönü Universiteti: Hamkorlikning yangi bosqichi

Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — İnönü universiteti (İU) delegatsiyasi tashrif buyurdi. İnönü Universiteti delegatsiyasiga rektor o‘rinbosari, professor Ali O‘zer boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibida tibbiyot fakulteti dekani professor Mehmet Aslan va doktor Ahmet Turan ham bor edi. Tashrifning maqsadi ilm-fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Oliy darajadagi ushbu uchrashuv natijasida ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Imzolangan memorandum ikki tomonning global ilmiy makondagi faolligini oshirishga qaratilgan bir qator strategik masalalarni qamrab oldi. O‘qituvchilar va ilmiy kadrlar almashinuvi, global reytinglarda faollik, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidandir.
SamDU rahbariyati Turkiya oliy ta’lim tizimi bilan mustahkamlangan bu hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy aloqalarni chuqurlashtirishini, balki fundamental fanlar (kimyo, fizika) sohasida o‘zaro tan olinadigan ilmiy maktablar shakllanishiga asos bo‘lishini ta’kidladi. İnönü universiteti rektor o‘rinbosari, professor Ali O‘zer mazkur shartnoma SamDUning Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi ilmiy markaz sifatidagi rolini tan olishini va kelgusi faoliyat samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Ushbu memorandumning imzolanishi har ikki universitetning xalqaro standartlarga intilishi va ilm-fan integratsiyasini kengaytirishga bo‘lgan jiddiy yondashuvini yaqqol ko‘rsatadi.