Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Axborot texnologiyalari va nanotexnologiyalar (ITNT-2025)” mavzusida XI xalqaro ilmiy-texnik anjuman boshlandi. Ushbu anjumanda muhandislik fanlari, materialshunoslik, nanotexnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid masalalarda fikrlashiladi. Fanning bu yo‘nalishlari bugungi nuqtai nazardan muhim bo‘libgina qolmay, insoniyatning kelajak taraqqiyotidagi o‘rni bilan ham ahamiyatlidir. Dunyoning yetakchi olimlari bu masalaga alohida e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Anjumanda Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Singapur, Isroil va boshqa ko‘plab davlatlardan olimlar ishtirok etmoqda.

    Anjumanni akademik Muhsin Ashurov kirish so‘zi bilan ochdi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmuradov, Rossiyaning Samara universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Vladimir Bogatirev, Janubiy Koreyaning Seul universiteti professori, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi fiziklari assotsiatsiyasi kengashi prezidenti Hyon Jun Choy, O‘zbekiston fiziklar jamiyati raisi, akademik Qodir G‘ulomov, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sergey Gornov, Rossiyaning Samara universiteti prezidenti, akademik Viktor Soyferlar anjuman qatnashchilarini muborakbod etishdi.

    Shundan so‘ng ilmiy munozaralar Niderlandiya Qirollik akademiyasi a’zosi, Delft texnologiya universiteti professori Sees Dekker ma’ruzasi bilan boshlandi...
Anjuman ishi davom etmoqda.