"Karyera kuni" mehnat yarmakasi…

Samarqand davlat universitetida talabalari, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda "Karyera kuni" mehnat yarmakasi” o‘tkazildi. Ushbu muhim tadbirni Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev kirish so’zi bilan ochdi. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan rejali tadbirlar xususida alohida to‘xtaldi.
Joriy o‘quv yilida bitiruvchi maqomidagi 5698 nafar talabalardan 5424 nafari bugungi kunda ishga joylashgan. Ulardan 1683 nafari xalq ta’limida, 128 nafari o‘rta maxsus ta’limda, 41 nafari oliy ta’limda, 16 nafari fan va tadqiqot sohasida, 47 nafari sanoat ishlab chiqarishida, 186 nafari qishlok, suv va o‘rmon xo‘jaligida, 66 nafari sog‘likni saqlash va ijtimoiy sohada, 58 nafari bank, soliq, sug‘urta va moliya sohasida, 63 nafari prokuratura, ichki ishlar tizimida, 73 nafari servis, xizmat ko‘rsatish, 122 nafari tadbirkorlik faoliyati, 275 nafari boshqa soha va tarmoqlarda, 550 nafari maktabgacha ta’limda, 25 nafari muddatli harbiy xizmatda, 217 nafari o‘qishni davom ettirayotgan bitiruvchilardir. 334 nafar bitiruvchi onalik ta’tilida va 1540 nafari esa ishga joylashish jarayonida.
Universitetda bitiruvchi kurs bo‘yicha ishga joylashish umumiy 95.2 foizni tashkil etmoqda. 3-kurs bo‘yicha 2923 nafar talabadan 601 nafari bugungi kunda ishga joylashgan. Bundan 429 nafari (71.3 foiz) o‘z sohasi bo‘yicha, qolgan 172 nafari (28.7 foiz) boshqa soha va tarmoqlarda ishga joylashgan. Universitetda 3-kurs bo‘yicha ishga joylashish 20,6 foizni tashkil qilmokda.
O‘tkazilayotgan mehnat yarmarkasida Maktab va maktabgacha ta’lim tizimi tashkilotlari, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat qurilish instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, Samarqand musiqa va drama teatri, Samarqand shahar tibbiy jarrohlik markazi, Samarqand viloyat A. Pushkin nomidagi AKM, "Inter Injenering" MCHJ, “Agromir" MCHJ, "Zarafshon Tekstil", "Samarqand gilam zavodi" MCHJ, "Afrosiyob Jeans", "Samarqand kimyo zavodi", "Milliy bank", "Xalq banki", "Agrobank", "Garant bank", Turon bank", "Freyedom Broker", Samarqand avto zavodi, “MAN” zavodi va boshqa ko‘plab tashkilotlar faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ishberuvchilarning vakillari bitiruvchilar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar va nomzodlarni dastlabki saralashdan o‘tkazishdi. Bitiruvchilar o‘zlari tanlagan soha korxona va tashkilotlarida mavjud ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.