Samarqand davlat universitetida “Ekologik vaziyat va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari, innovasion yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkazildi.

    Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sibir davlat universiteti, Boltiq davlat texnika universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti hamkorligida tashkil etildi.

    Tadbirda AQSH, Kanada, Xitoy, Rossiya, Brazilya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston kabi davlatlardan 100 ga yaqin olimlar ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

    Xalqaro anjumanning yalpi majlisini Samarqand davlat universiteti prorektori Akmal Axatov kirish so’zi bilan bilan ochdi. Butun dunyoda ekologik muammolar dolzarbligi sababli ushbu anjuman beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi

    Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, biologiya fanlari nomzodi Zebiniso Rahmonova, Xitoy Fanlar akademiyasining Tibet platosi tadqiqot instituti professori Ailikin, Braziliya federal universiteti tadqiqotchisi Michell Reboita, Moskva davlat universiteti dotsenti A. Danshin, Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti vakili M. Sobirovlarning mavzuga doir tahliliy ma’ruzalari tinglandi…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.