Samarqand davlat universitetiga Italiyaning Salento universiteti rektori Fabio Pollise boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Oziq-ovqat xavfsizligi, mintaqa muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib borish, yangi laboratoriyalar tashkil etishga kelishildi. Iqlim, yaylov, energetika muammolariga yechim topadigan markazlarni ochish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Uchrashuv davomida qo‘shma taʼlim dasturlarini shakllantirish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, yozgi maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

    Muzokara natijasida SamDU olimlari Salento universiteti professor-o‘qituvchilari bilan dolzarb mavzulardagi tadqiqotlarni hamkorlikda olib boradigan bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.