Abdurashid Jabborov – Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti zoologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor.

    Professor Abdurashid Jabborov “O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati” ning Samarqand filiali rahbari.

    Olimning 1 monografiya, 4 darslik, 30 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 400 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr etilgan.

    3 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda eʼlon qilingan. 4 ilmiy loyiha, 4 ixtiro muallifi.

    Ilmiy rahbarligida 1 PhD dissertatsiyasi himoya qilingan.

    Abdurashid Jabborov tashabbusi bilan zoologiya muzeyi qoshida “Taksidermiya” laboratoriyasi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyada muzey eksponatlarini tayyorlash usullari o’rgatiladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.