Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov hindistonlik professor Arindan Banikni qabul qildi.

    Arindan Banik SamDU ga Hindiston elchixonasi qoshidagi Hindiston madaniy aloqalar kengashi ko’magida bir yil muddatga kelgan. Olim SamDU da hind madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish, tadqiqotchilarga Hindistonda malaka oshirish va tahsil olish uchun ajratilgan grant dasturlari bo‘yicha tavsiyalar berishni reja qilgan.

    Muloqotda universitet ilmiy salohiyati oshirish, xalqaro reytingni ko’tarish bo’yicha fikrlar almashildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.