Kitobni o‘qib chiqmagan odamlar Don Kixot haqida eshitishi bilan uning kulgili qiyofasini eslaydi, shamol tegirmonlariga qarshi jang qilgan telba haqidagi qalin kitobni tasavvur qilib, o‘qishdan voz kechadi. Birinchi yondashuvda kitob yuqorida aytilgani kabi tuyulishi tabiiy, lekin uning asl mohiyatini tushunish uchun o’sha davr ijtimoiy tuzumiga e’tibor qaratilsa, hazil mutoyiba ortidagi haqiqatlar namoyon bo'ladi.

    Kitob mutolaasini sevuvchi bir o’quvchi sifatida aytishim mumkinki, Migel de Servantosning “Don Kixot” romani menda yaxshi taasurotlarga boy bo’ldi. Asarga ilk bor  kirishganimda qiziqarli va kulgili deb o‘ylagan edim, keyinchalik esa undagi juda ko‘p jihatlarga e’tibor qarata boshladim. Asar hozirgacha eng mukammal roman janridagi kitoblardan biri ekaniga amin bo‘ldim.

    Syujet:

    La-Manchdagi qashshoq zodagon, keksa Аlonso Kexana ritsarlar haqida juda ko‘p romanlar o‘qiydi, oqibatda o‘zi ham jahongashta ritsar bo‘lishni xohlaydi va o‘ziga Don Kixot nomini oladi. U sodda va keng fe’lli inson bo‘lib, ritsarlar faqat kuchsiz va nochorlarga yordam berish uchun yashaganiga qattiq ishonadi va adabiy qahramonlarni takrorlashni orzu qiladi, ammo kulgili vaziyatlarga duch keladi.

    Yo‘l bo‘yidagi qovoqxonaning egasi, Don Kixotning yelkasiga qoqib qo‘yish orqali unga ritsarlik rutbasini beradi. Safarga ketishdan oldin Don Kixot dehqon Sancho Pansani xizmatkor qilib yollaydi va uni o‘z qurolbardori etib tayinlaydi. Don Kixot kelajakda erishadigan barcha yutuqlarini qalbidagi yagona ayol – Dulsineyaga bag‘ishlaydi.

    Safar davomida Don Kixot va uning xizmatkori yo‘lda shamol tegirmonlarini uchratadi. Don Kixot ularni dahshatli mahluqlar deb qabul qiladi. Uning fikriga ko‘ra, sehrgar Freston mahluqlarga shamol tegirmoni ko‘rinishini bergan. Unga qarshi jangga kirgan Don Kixot mag‘lubiyatga uchraydi – tegirmon uni “qanoti” bilan surib tashlaydi va qurolini sindiradi.

    Biroz vaqt o‘tgach, sayohatchilar qo‘ylar podasini uchratadi. Don Kixot yana Frestonning sehr-jodusi bejiz emasligiga ishonadi: ritsarning so‘zlariga ko‘ra, sehrgar jangovar qo‘shinlarini hayvonlarga aylantirgan bo‘ladi. Sancho Pansa xo‘jayinini ishontirishiga qaramay, Don Kixot o‘zi tasavvur qilgan jangda qatnashishga shoshiladi, ammo yana omadsizlik – g‘azablangan cho‘ponlar ularni toshbo‘ron qiladi.

    Yo‘lovchilar sodda ritsarni ustidan kuladi. Don Kixot qo‘lga olingan qaroqchilarni ozod qiladi va ulardan bu qahramonligi haqida ko‘nglidagi ayoliga aytib berishini so‘raydi. Аmmo qaroqchilar Don Kixotni kaltaklaydi.

    Аtrofdagi odamlar Don Kixotni jinni deb o‘ylaydi, uni uyiga qaytarishga harakat qiladi. Qarindoshlari Don Kixotni uyda bir muddat ushlab turadi. Аmmo ko‘p o‘tmay u o‘zining sarguzashtlari haqida roman chop etilganini bilib, yana yo‘lga tushish tadorigini ko‘ra boshlaydi. Bir gersog ritsarni o‘z qasriga taklif qiladi, u o‘zini uning qahramonliklaridan qoyil qolganday tutsa-da, aslida, gersog Don Kixotning ustidan kular edi.

    “Ko‘zgular ritsari”ga qarshi kurashda yutqazgandan keyin uyga qaytgan Don Kixot shunchaki odamlarga kulgu bo‘lganini anglaydi va qayg‘uga cho‘mib kasal bo‘lib qoladi.

    Don Kixot o‘z mol-mulkiga vasiyatnoma yozadi, hamma narsani jiyaniga qoldirmoqchi bo‘ladi, lekin u vasiyatnomaga hech qachon ritsarlar haqidagi bema’ni romanlarni o‘qigan odamga turmushga chiqmaslik shartini kiritib qo‘yadi.

    Tahlil:

    Аsarda Servantes o‘z davrining buzuq jamiyatini tahlil qiladi, ammo axloq-odob va nasihat ohangida ifoydalanmaydi. Hazil – bu tanqidiy mulohaza yuritishning eng yaxshi usuli.

    Kitobni o‘qib chiqmagan odamlar Don Kixot haqida eshitishi bilan uning kulgili qiyofasini eslaydi, shamol tegirmonlariga qarshi jang qilgan telba haqidagi qalin kitobni tasavvur qilib, o‘qishdan voz kechadi. Birinchi yondashuvda kitob yuqorida aytilgani kabi tuyulishi tabiiy, lekin uning asl mohiyatini tushunish uchun o’sha davr ijtimoiy tuzumiga e’tibor qaratilsa, hazil mutoyiba ortidagi haqiqatlar namoyon bo'ladi.

    Xulosa:

    Ushbu kitob mutolaasidan shunday xulosaga kelish mumkinki, Don Kixot yashayotgan davr qahramonlik ertaklari, rivoyatlar va shu kabi asarlarning jamiyat olamiga aloqadorliligi yo’q edi, balki mavjud tizimning o’zgarishi va undan yangicha tafakkurga ega avlodlar voyaga yetgan davr, buning natijasida esa uning xayoliy olami va qilgan ishlari odamlarga kulgili tuyular edi. Fikrlarimiz umumlashmasiga ayni zamin yaratgan Don Kixot tilidan aytilgan ushbu so’zlarga e’tibor qaratishimiz lozim deb o’ylayman. Ozimni donishmand ham deyolmayman. Men faqat insonlarga ular yer yuzida jahongashta ritsarlikning baxtiyor zamonlari barqaror etilishini tilamasdan naqadar yengiltaklik qilayotganlarini tushuntirib qoymoqchiman, xolos. Ehtimolki, bizning majruh asrimiz ilgarigi dorilomonlik gashtidan mahrum va unga noloyiqdir. Bunday gasht otmishda, jahongashta ritsarlar davlatni mudofaa qilganlarida, xotin-qizlarni himoya etganlarida, yetim-yesir, garibu gurabolarga komaklashganlarida, magrurlarni jazolab, mominlarni siylaganlarida haq va barqaror edi. Hozirgi ritsarlar muqaddas sovutlarni ipak-u barqutga almashtirganlar”.

    Ma’lum ma’noda unga sheriklik qilgan Sancho Pansa obrazi Don Kixot timsolining maromiga yetishini ta’minlagan. Sancho Don Kixotning ishlariga shubha bilan qarasada unga ergashib kulgiga qoladi,hatto kaltaklanadi. “Kimning maqsadi bo’lmasa, maqsadi borlarga xizmat qiladi” - Sancho esa bu fikrning yaqqol na’munasi hisoblanadi. Biz kitobxonlar uchun shunday mazmun kelib chiqadiki, inson xayolot bilan haqiqiy hayotning asl mohiyatini ajrata olishi kerak.

    Shuni aytib o’tish lozimki, ushbu asarni mutolaa qilish kitobxonni yanada zavq-u shavqqa to’ldiradi.

    Iqtiboslar:

    - Senyor, – dedi Sancho, – buyruq berish har doim yoqimli, deb o‘ylab qoldim, hatto qo‘ylar podasiga bo‘lsa ham;

    - Osilib o‘lgan odamning uyida arqon haqida gapirmaydilar;

    - Dunyodagi eng yaxshi dori ham, agar bemor uni qabul qilishdan bosh tortsa, unga yordam bermaydi;

    – Hamma ayollar shunday, – dedi Don Kixot. – Ular tabiatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni sevganlarni mensimaydilar va ulardan nafratlanganlarni sevadilar;

    - Eshak asal bilan boqilmaydi;

 

Hilola Abduhalilova,

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti,

filologiya fakulteti 203-guruh talabasi.