Dehli universiteti professorlari Samarqand davlat universitetida
Dehli universiteti professorlaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Hindistonlik mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiton Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
Mehmonlar dastlab universitet botanika bog‘ini borib ko‘rdilar. Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Hindistonlik professorlar biokimyo instituti talabalari uchun ma’ruza o‘qidi hamda mahorat darslari o‘tdi.

