Samarqand davlat universitetiga Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengashi Fanlar Akademiyasi ilmiy jurnali hamda “Buxoro” ilmiy-adabiy-madaniy jurnali bosh muharriri, taniqli jurnalist va yozuvchi, doktor Ali Dehboshiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori, professor Jo‘liboy Eltazarov kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlarga institutning faoliyati, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xususan, fors tilini o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, fors tili va adabiyotini chuqur o‘rganish, shuningdek, xorijiy olimlarni universitet ilmiy faoliyatiga jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.

Suhbat davomida “Buxoro” jurnalining O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil davom ettirish va yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.