Samarqand davlat universiteti kasaba uyushmasi tashkiloti tashabbusi bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak sharsharasiga sayohat uyushtirishdi.
    Ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur sayohat ishtirokchilarga yurtimizning betakror tabiiy maskanlari bilan yaqindan tanishish, mazmunli hordiq chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish imkonini berdi.
    Shuningdek, bunday tadbirlar jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ularning salomatligini mustahkamlash va ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.