Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashining 2026-yil 30-iyundagi 12-sonli qarori asosida 2026/2027 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi.

Kechki ta'lim shakli

  1. 60220300 – Tarix
  2. 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
  3. 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
  4. 60310300 – Psixologiya
  5. 60410100 – Iqtisodiyot
  6. 60420100 – Yurisprudensiya
  7. 60510100 – Biologiya
  8. 60540100 – Matematika
  9. 60540200 – Amaliy matematika

    Masofaviy ta'lim shakli

  1. 60220300 – Tarix
  2. 60310300 – Psixologiya
  3. 60410100 – Iqtisodiyot
  4. 60410600 – Bank ishi
  5. 60420100 – Yurisprudensiya
  6. 60610200 – Axborot xavfsizligi
  7. 60610300 – Kompyuter injiniringi
  8. 60610400 – Dasturiy injiniring

    Kirish imtihonlari

    Kechki va masofaviy ta'lim shakllaridagi 60420100 – Yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishiga tanlov yuqori bo‘lishi kutilayotganligi sababli ushbu yo‘nalish bo‘yicha saralash test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

    Test sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • 1-fan: Huquqshunoslik – 3,1 ball
  • 2-fan: Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) – 2,1 ball

    Mazkur test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.

    Test sinovi uchun to‘lov

    Test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50% (206 000 ikki yuzi olti ming soʻm) miqdoridagi to‘lovni 2026-yil 10-avgustga qadar amalga oshirish lozim. 

    Tulov uchun invoys

    To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng talabgorning my.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizasi qabul qilinadi. Belgilangan muddatgacha to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, ariza rad etiladi.

    Qolgan barcha ta’lim yo’nalishlariga saralash suhbat asosida  tasdiqlangan dastur va grafiklarga muvofiq Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida o’tkaziladi.

    Dasturlar.

    Hujjatlarni qabul qilish

    Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga hujjatlar 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

    Qo‘shimcha ma'lumot

    Telefon: (66) 239-17-87