AMALIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Tsinghua universiteti Ijtimoiy fanlar maktabi Partiya qo‘mitasining aspirantlar bilan ishlash guruhi rahbari Zheng Xinli boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Xitoylik mehmonlarni Samarqand davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Akmal Ahadov qabul qildi. Mas’ul mutasaddilar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda Akmal Axatov universitet olimlarining ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy faoliyati, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar hamda erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Delegatsiya rahbari Zheng Xinli tashrifdan ko‘zlangan maqsad, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Muzokaralar davomida Buyuk Ipak yo‘li tarixi, turizm va madaniy meros yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida mehmonlar universitetning muzeylari, ilmiy laboratoriyalari hamda zamonaviy o‘quv infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.









