SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO HAMKORLIK UCHRASHUVI
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Chjenchjou universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Delegatsiya tarkibida Chjenchjou universitetining Chet tillar va xalqaro munosabatlar instituti direktori Gao Xiaoling, Xalqaro aloqalar va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Wu Junchao, mazkur institutning rus tili fakulteti dekani Gu Junling hamda institutning faxriy professori Sui Xinmin bor edi.
Xitoylik mehmonlarni Samarqand davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov, Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarov, Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani Zarifa Mo‘minova kutib oldilar va ular bilan muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda xalqaro dasturlar, ilmiy tadqiqotlar hamda akademik almashinuvlar borasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi va muayyan kelishuvlarga erishildi.









