Institutda “Ochiq eshiklar kuni”
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga SamDU akademik litseyi, SDVMCHBU akademik litseyi, TATU Samarqand filiali litseyi hamda Samarqand shahridagi 8-14-31-45-maktablar o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Tadbirni Muhandislik fizikasi instituti direktori Ahmad Absanov ochib berdi va respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, Muhandislik fizikasi institutidagi sharoitlar, zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, kutubxonalar, institutning ilmiy salohiyati, talabalar tadqiqotlari, xalqaro hamkorlik ko‘lamlari hamda akademik almashinuv istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur uchrashuv litsey va maktab o‘quvchilarida katta taassurot qoldirib, ularning kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

