2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingi e’lon qilindi (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/interdisciplinary-science-rankings).
    Ushbu baholashda 94 mamlakatdan 1 267 oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.
    O‘zbekistonning 34 oliy ta’lim tashkiloti mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha reytingga kiritilgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi, qolganlari esa “reporter” – nomzod maqomida qayd etildi.

    Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar reytingida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 301–350-o‘rinni egalladi.
(https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/interdisciplinary-science-rankings)

    Ushbu natija bilan universitet jamoasini tabriklaymiz.