Rossiyalik taniqli olim SamDUda...
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov bugun Rossiyaning “Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi prezidenti, Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Mixail Kovalchukni qabul qildi.
Marosimda akademik Muhsin Ashurov, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari qatnashdi.









Uchrashuvda ta’lim va tadqiqot muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, konvergent texnologiyalar va elementar zarrachalar fizikasi, tibbiyot va biologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash, akademik almashinuvlarni amalga oshirish xususida taklif va mulohazalar bildirildi. Bu boradagi amaliy harakatlarni boshlash zarurligi ta’kidlandi.

