2025-yil 4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi – “QS Asia University Rankings 2026” e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistonning 20 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari joy oldi (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz). E’tirof etish kerakki, O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalaridan 8 tasi o‘z o‘rnini o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan.

    Reyting natijalari mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasini tasdiqlaydi.

    E’tiborli jihati shundaki, baholash natijalariga ko‘ra ushbu reytingda Samarqand davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatida 307-o‘rinni, O‘zbekistonda esa 5-o‘rinni egallagan (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings).

    Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro reytingda Osiyoning 25 mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar ishtirok etib, ulardan 557 tasi ro‘yxatga ilk bor kiritilgan. Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.