UCH TOMONLAMA XALQARO SEMINAR

Samarqand davlat universitetida germaniyalik va yaponiyalik olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uch tomonlama xalqaro seminar ish boshladi. Anjumanda oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, suv zahiralaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xavfsiz saqlash, bu borada ilmiy innovatsiyalarni va yangi texnologiyalarni qo‘llanish kabi bir qancha dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Anjumanning birinchi kunida Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti professori Eriko Yasunaga, Yokoxama milliy universiteti professorlari Shingo Ozaki, Ken Nakamo, Berlin texn ika universiteti professorlari Valentin Popov, Markus Hess, Siang Li, Samarqand davlat universiteti professorlari Xurshid Olimov, Bahrom Xolmirzayev, Shohnazar Hazratqulov, Rustam Rahimov va boshqalarning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi. Ilmiy asoslangan tavsiyalar va takliflar muhokama qilindi.
Anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda...