Samarqand davlat universitetida qozoq shoiri, mutafakkiri, ma’rifatparvar Abay Kunanboyev tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, filologiya fakulteti dekani, professor Jo‘liboy Eltazarov, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi bosh konsuli Talgat Sharipov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.