Xitoy delegatsiyasi SamDUga tashrif buyurdi

Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi direktori o‘rinbosari Yue Tao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik masalalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlarga universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari hamda muzeylari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida mehmonlarga do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi. Tadbir doirasida tomonlar ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni kengaytirish, xususan, chet tillaridagi adabiyotlarni nashr qilish va tarqatish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini kelishdi.
Tashrif haqida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida xabarlar, axborot-ma’lumotlar va tahliliy materiallar tayyorlash belgilandi.
Uchrashuv SamDU va Xitoyning nashriyot sohasi mutasaddilari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘ldi.