XITOY SAFARIDAN QAYDLAR

Xitoyga ilmiy-amaliy safarimiz mobaynida dastlab Sian shahridagi masjidda ziyoratda bo‘ldik. Xitoy va musulmon me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan ko‘rkam, ajoyib tabiatli sokin maskan. Bu yerda saqlanib qolgan arab va xitoy yozuvidagi qadimiy toshbitiklar o‘zaro madaniy aloqalar tarixini yorituvchi manba sifatida alohida tadqiqotni talab qiladi.
Navbatdagi manzilimiz YUNESKO ning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Sopol askarlar muzeyi bo‘ldi. Bu majmua qadimgi Xitoy tarixida katta iz qoldirgan hukmdor, Buyuk Xitoy devori qurilishini boshlab bergan imperator Sin Shi Xuandi qabrining sharqida joylashgan. Shundan keyin Hancheng (Xanchen) shahrining tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan tanishdik. Qadimgi Xitoyda tarix ilmining rivojini yangi bosqichga olib chiqqan yirik olim, xitoy tarixshunoslik maktabining asoschisi Sima Syan (Sima Syan) shu shaharda tug‘ilgan. U o‘zining “Tarixiy esdaliklar” (Shi szi) asarida ajdodlarimiz haqida ham ma’lumot bergan. Uning nomi bilan faoliyat yurituvchi muzey-majmuada kamina shu haqda yozgi maktab ishtirokchilatiga ma’lumot berdim. Xitoyning o‘rta asrlar davridagi muhim tarixiy-madaniy markazlaridan bo‘lgan Yangzhou (Yanchjou) shahri tarixiy qal’asining shimoli-g‘arbida joylashgan “Slender Wyest Lake” nomli manzarali ko‘l va milliy bog‘ bizda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda majnuntol ostida ham shaftoli o‘sishini, 1000 yoshli daraxtni va inson va tabiat mahsuli bo‘lgan ko‘plab ajoyib manzaralarni ko‘rish mumkin ekan ...
Xitoyning Sian shahridagi Shensi fan va texnologiya boshlangan "International Training Course on the Application of "Digital Media Technology in Internet plus Industrial Technology Marketing" mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlari Yanchjou politexnika institutida o‘z yakuniga yetdi. Shensi fan va texnologiya universitetining 4 asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri qogʻoz ishlab chiqarish muhandisligi ekan... "Samarqand qog‘ozi: sifat va marketing", "Ali Qushchining 1438-yilda Xitoyga qilgan elchilik safari: sun’iy intellekt va qo‘lyozma manbalardagi ma’lumotlarning qiyosiy tahlili” mavzudagi hamda boshqa tezislar yozgi maktab mashg‘ulotlari va boshqa ilmiy tadbirlarda kaminaning ishtirok etishiga muhim hissa bo‘ldi ...
Xitoylik muhandis-texnologlarning o‘z Vatani va Buyuk ipak yo‘li tarixiga bo‘lgan munosabatiga havas qildim. Xitoylik hamkasblar faoliyatining o‘rganishga arzigulik jihatlari borligi diqqatimni tortdi. Loyiha doirasidagi tadbirlar ishtirokchilariga faolliklari uchun qizil diplomlar berildi.
Muhammadixon Buzrukov,
Samarqand davlat universiteti
aniq va ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘limi o‘qituvchisi, PhD.