Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining raqamli boshqaruv platformasi – https://grand.samdu.uz/student orqali 2025-yil 20-iyul holatiga ko‘ra talabalar tomonidan ta’lim grantlariga berilgan arizalar soni va yo‘nalishlar bo‘yicha holat quyidagicha:

Bakalavriat bo‘yicha:

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan talabalar soni: 2 645 nafar
Ajratiladigan to‘liq ta’lim grantlari soni: 677 ta
Ajratiladigan to‘liq bo‘lmagan (ya'ni qisman) ta’lim grantlari soni: 188 ta
Ariza bergan talabalar soni: 1 596 nafar
Ishtirok darajasi (foizda): 60,3%

Magistratura bo‘yicha:

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan talabalar soni: 385 nafar
Ajratiladigan to‘liq ta’lim grantlari soni: 191 ta
Ajratiladigan to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari soni: 70 ta
Ariza bergan talabalar soni: 331 nafar
Ishtirok darajasi (foizda): 86,0%