IT sohasida zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha yangi o‘quv kurslari boshlandi

IT xizmatlari sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida, 2025-yil aprel oyidan boshlab quyidagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etildi:
• Animatsiya;
• 3D modellashtirish;
• O‘yin dizayni va GameDev asoslari;
• VFX Compositing;
• FX Simulation;
• Unreal Engine;
• Raqamli vizual san’at (Cinema 4D).
Bunda birinchi o‘quv yilida, tajriba tariqasida, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 800 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan.
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakllari bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli (akademik qarzdorliksiz) yakunlagan talabalar yuqoridagi yo‘nalishlarga https://creativetech.uz veb-sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.
Tanlov bosqichlari quyidagilardan iborat:
• Onlayn test – 20 ta savol, har bir savolga 1 daqiqa 30 soniya vaqt beriladi;
• Portfolio – Qabul komissiyasi tomonidan talabgorga tegishli ishlar va loyihalar ko‘rib chiqiladi;
• Suhbat – Qabul komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish 24 hafta davom etadi va “Blended Learning” — aralash ta’lim texnologiyasi (onlayn va oflayn shaklda) asosida tashkil etiladi.