Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovga Tojikiston Milliy universitetining “Faxriy doktori” unvoni berildi...

Tojikiston Milliy universiteti ilmiy kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tantanali marosimda mamlakatlarimizning Davlat madhiyalari yangradi.
O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, madaniy-ma’rifiy, ilm-fan yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovga Tojikiston Milliy universitetining “Faxriy doktori” unvoni berildi.
Tojikiston Milliy universiteti rektori, professor Emomali Nasriddinzoda Saifiddin Samarqand davlat universiteti bilan o‘rnatilgan aloqalar tufayli bugungi kunda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy hamkorlik, ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish yo‘lga qo‘yilganligini alohida ta’kidladi.
Rustam Xolmurodov ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosimda Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosari Mansuri Dilrabo Saydullo ham ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.