Urumchiga xizmat safari

Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov xizmat safari bilan Xitoyning Urumchi shahrida bo‘ldi.
Safar doirasida prorektor Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari universitetlari vazirlarining birinchi yig‘ilishida, shuningdek, ShHT anjumanida ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida SamDU, Sian Jiaotong universiteti va Xitoyning nufuzli "Oliy ta’lim nashriyoti" o‘rtasida transmilliy darslik yaratish loyihasini amalga oshirishga oid hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Anjumanda Akmal Axatov “Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi” mavzusida ma’ruza qildi.
Tashrif doirasida Sian Jiaotong, Xeylunszyan, Pekin xorijiy tillar, Shimoliy-G‘arbiy universitetlarining mutassadilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, yangi muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish va joriy etish, Konfutsiy va Islom ta’limoti, madaniyati va tarixini chuqur o‘rganish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, oprofessor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.