SURXONDARYOGA SAYOHAT

Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Surxondaryoga sayohat uyushtirdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Surxondaryo viloyatiga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrif doirasida universitetning 50 dan ortiq professor-o‘qituvchilari Surxondaryoning boy tarixi va betakror madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Sayohat davomida ular viloyatning eng mashhur tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishdi.
Xususan, ishtirokchilar mashhur alloma va mutasavvif Muhammad Hakim at-Termiziy maqbarasi, qadimiy Qirqqiz qal’asi, Ko‘kildor ota xonaqohi, Sulton Saodat majmuasi hamda qadimiy Fayoztepa majmuasida bo‘lishdi. Har bir maskan o‘ziga xos tarixiy, madaniy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lib, SamDU sayyohlar jamoasida katta taassurot qoldirdi.
Sayohat davomida nafaqat tarixiy yodgorliklar bilan tanishildi, balki Surxondaryo viloyatining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy taraqqiyoti hamda turizm salohiyati haqida ham keng qamrovli ma’lumotlar olindi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.