Zarafshon”, “Самаркандский вестник”

gazetalari Bosh muharriri,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi

F.I. Toshevga!

    Hurmatli Farmon Isʼhoqovich!

    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman.

    Siz Samarqand davlat universitetining mashhur bitiruvchilaridan biri sifatida SamDU jamoasi uchun yana-da qadrlisiz. Siz o‘zingiz taʼlim olgan universitet shon-shuhratini yuksaltirish yo‘lida tinmay zahmat chekib kelmoqdasiz.

    Bugungi kunda Siz Samarqand shoiru yozuvchilari, jurnalistlari uchun ham tom maʼnoda ustoz maqomidasiz. Siz shogirdlaringiz orasida respublikada taniqli ijodkorlar borligi bilan haqli ravishda faxrlansangiz arziydi.

    Siz ko‘p qirrali ijodkor sifatida nasr, nazm, dramaturgiya, adabiy tanqid, jurnalistika sohalarida ham tinmay qalam tebratib kelmoqdasiz. Bu borada biz Sizni SamDU filologiya fakulteti talabalariga doimo o‘rnak qilib ko‘rsatamiz.

    Sizning ijodiy faoliyatingiz davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanganligini alohida taʼkidlashni istayman. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, “El-yurt hurmati” va “Mehnat shuhrati” ordenlari Sizni uzoq yillik xizmatlaringizning munosib eʼtirofidir.  

    Sizning “Yalangto‘sh Bahodir” nomli sahna asaringiz va “Onang tirik, bolam”, “Men yomg‘irli kunda kelaman”, “Qarnabota armoni”, “Jurnalistning noni qattiq”, “Otamning saboqlari”, “Umrning o‘rtasi”, “O‘zimdek yashashni istayman”, “Bedavo ko‘ngil”, “Sog‘inch”, “Omonat”, “Ko‘ngil bilan suhbat” nomli kitoblaringiz xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan.

    Sizning Bosh muharrirligingizda nashr etilayotgan “Zarafshon”, “Самаркандский вестник” gazetalari va Zarnews veb-sayti nafaqat viloyatimizda, balki butun mamlakatimizda o‘z o‘rniga, o‘quvchilariga ega.

    Qadrli Farmon Isʼhoqovich!

    Yetmish yosh hali hammasi oldinda degani. Biz – samarqandliklar Sizdan yangidan-yangi asarlar kutib qolamiz. Alloh umringizga, rizqingizga, ijodingizga baraka bersin.

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati aʼzosi.