Guljahon Axmedova - Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti yadro fizikasi va astronomiya kafedra professsori, fizika-matematika fanlari nomzodi.

    Guljahon Axmedova 1 darslik, 2 monografiya, 6 o'quv, 3 uslubiy qo'llanma muallifi. Olim "Atom fizikasi" nomli o'quv qo'llanmasi bilan 2014-yilda "Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi" respublika tanlovining g'olibi sifatida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplomi bilan tadqirlangan.

    Guljahon Axmedovaning bugunga qadar 170 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari e’lon qilingan. Shundan 18 maqolasi Scopus va Web of Scince bazalariga kiruvchi jurnallarda chop etilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.