Kompyuterni o‘rganish turli amaliyotlarni o‘z ichiga olgan muntazam o‘qish va mashq qilish jarayoni bilan bog‘liq. Dastlab kompyuter va uning qismlari (protsessor, klaviatura, xotira, qattiq disk...) bilan tanishish, qanday ishlashini va ularning vazifalarini o‘rganish lozim.

    Windovs, macOS, Linux kabi operatsion tizimlarni o‘rganishni va ulardan foydalanishni mashq qiling. Fayllar bilan ishlash, dasturlarni o‘rnatish va sozlash kabi asosiy vazifalarni amalga oshiring. Microsoft Office, Google Docs kabi ofis dasturlaridan foydalanishni o‘rganish, hujjatlarni tahrir qilish, jadvallar bilan ishlash va taqdimotlar tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantiring.

    Veb-brauzerlar orqali internetdan samarali foydalanish, qidiruv tizimlaridan maʼlumot qidirish va elektron pochta xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qiling. Python, Java, S++ kabi oson o‘rganiladigan dasturlash tillaridan birini tanlang va asosiy sintaksisini o‘rganishni boshlang. Codecademy, Coursera, Udemy kabi onlayn platformalardan dasturlashni o‘rganish maqsadga muvofiq.

    O‘rganganlaringizni amalda qo‘llash uchun kichik loyihalar ustida ishlash yaxshi natija beradi. Dasturlash yoki kompyuter bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda sabr-toqatli bo‘lish talab etiladi...

    Kompyuter savodxonligi - bu uzluksiz o‘rganish amaliyotni talab etuvchi jarayon. O‘zingizni yangi bilimlar va texnologiyalar bilan doimiy yangilab turish, muammolarni ijodiy yechish va yangi loyihalarda ishtirok etish orqali ushbu sohani chuqurroq o‘rganish mumkin.

 

Jamoliddin Jabborov,

Samarqand davlat universiteti

kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi mudiri, PhD.