Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri, dotsent Salixa Usmonovaning tug’ilgan kuni.

    Salixa Usmonova 1955-yil Jizzax viloyati Forish tumanida tug’ilgan. 69 yoshni qarshi olgan olima 47 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2008-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.


Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.