Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 27-uyda joylashgan o‘quv binosi sobiq Samarqand davlat chet tillari instituti  akademik litseyi binosi uchun qurilgan bo‘lib, 2008-yilda foydalanishga topshirilgan.

    2008-2018-yillarda SamDCHTI qoshidagi akademik litsey sifatida, 2019-2021-yillar davomida Kattaqo‘rg‘on shahar 7-maktabi faoliyat olib borgan.

    2021-yilda Samarqand davlat universiteti Katttaqo‘rg‘on filiali tashkil etilishi munosabati bilan mazkur bino filial balansiga o‘tkazilgan.

    2023-yil 4-sentyabr kuni soat 9:28 da mazkur binoning faollar zali  tomidan, sahna qismining o‘ng burchagidan 1 dona plita talabalar va o‘qituvchi bo‘lmagan joyga tushib ketgan. Natijada 2 nafar 1-kurs talabasi plita bo‘laklarining tegishi natijasida yengil tan jarohati olgan.

    Ushbu talabalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ushbu talabalarning umumiy ahvoli yaxshi ekanligini maʼlum qilamiz.

    Shu o‘rinda turli noto‘g‘ri, asossiz maʼlumotlar tarqatish, jamoatchilikda xavotir uyg‘otish maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.