Samarqand davlat universitetida “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi..

Nufuzli anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda AQSH, Rossiya, Germaniya, Pokiston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlardan 30 ga yaqin soha vakillari, Respublikamizning 240 dan ortiq mutaxassis va olimlari o‘zlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Konferensiya rus va ingliz tillarida davom etmoqda...