Samarqand davlat universiteti dotsenti UNESCO grantini qo'lga kiritdi
Samarqand davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, dotsent Farrux Axmedov UNESCOning Sportda dopingga qarshi kurashish jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan xalqaro grant tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Jamg‘armaning tasdiqlash qo‘mitasi O‘zbekiston loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘i ajratilishini ma’qulladi.
Ushbu loyiha sportda dopingga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, halol sport qadriyatlarini keng targ‘ib qilish hamda dopingning oldini olishga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur natija Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sport sohasidagi dolzarb masalalarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqish borasidagi faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

