UNIVERSITETGA GRETSIYA ELÇISI TAŞRIF BUYURDI...
Gretsiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi P.Seveleki Samarqand davlat universitetiga taşrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi. Uçraşuv avvalida P.Seveleki va delegatsiya a’zolari universitetning ilmiy salohiyati, infratuzilmasi va xalqaro aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlari bilan tanişdi. Muloqot davomida Biokimyo institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, zamonaviy ilmiy yondaşuv va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş, ilmiy işlanmalarni amaliyot bilan boğlaş, yoş olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etiş masalalari muhokama qilindi. Gretsiya elçisi P.Seveleki universitet professor-öqituvçilari, iqtidorli talabalari hamda tadqiqotçilari bilan uçraşdi. Uçraşuvda Gretsiya va Özbekiston universitetlari örtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ellinizm davri tarixi va arxeologiyasi, zamonaviy arxeologik tadqiqotlar, olimlar va tadqiqotçilar örtasida tajriba va bilim almaşiş, qöşma ilmiy tadbirlar, ma’ruzalar va ilmiy tadqiqot loyihalarini taşkil etiş imkoniyatlari, talabalar va professor-öqituvçilarning akademik almaşinuvini yölga qöyiş istiqbollari töğrisida fikrlaşildi.




