Anjumanni SamDU хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov kirish so‘z bilan ochib, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

    Konferensiyada, shuningdek, Rossiya davlat gumanitar universiteti rektori Aleksandr Bezborodov, Rossiya davlat gumanitar universiteti Meros va zamonaviy jamiyat instituti rahbari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeyev, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Andrey Smirnov hamda Xitoy, Turkiya, Eron kabi davlatlarning falsafa ilmi vakillari ishtirok etdi.

    Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi ziyolilar, olimlar, siyosat va jamoatchilik arboblari, turli sohadagi mutaxassislarning zamonaviy dunyoda inson va uning qadriyatlari, shaxs va jamiyat aloqalarini ta’minlovchi va insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi omillar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish, bu borada intellektual hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

    - Rossiya davlat gumanitar universiteti uchun Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik qilish juda muhim, - deydi Rossiya davlat gumanitar universiteti Meros va zamonaviy jamiyat instituti rahbari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeyev. - Chunki, SamDU O‘zbekistonning eng nufuzli universitetlaridan biri. Anjumanning Samarqandda o‘tkazilayotganidan sabab ham, Samarqand dunyo tarixi poytaxti ekanligi, bu hududda umuminsoniy qadriyatlar hamda madaniyat namunalarining tub ildizlari unib chiqqanligi bilan bog‘liq. Bizni o‘rab turgan muhitda inson omiliga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisalar, inson va dunyo o‘rtasidagi aloqa va qadriyatlar masalasi har bir davrda dolzarb hisoblanadi. Bugungi global inqiroz sharoitida turgan jahonga madaniyat va tarix uyg‘unligidagi ko‘hna qadriyatlar juda kerak. Bugungi konferensiya ushbu sohada intellektual hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sari ilk qadam bo‘lishiga ishonaman.

Samarqand  davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.