Yirik shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi tabiiy resursni, jumladan suv resurslarining sezilarli ta’sirga uchrayotgani, bu esa o‘z navbatida suvdagi biogeotsenozlarning salbiy o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar bioxilma-xillikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.

    Keyingi yillarda Samarqand shahrida aholi soni 1 milliondan oshgani, sanoat, ishlab chiqarish va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashgani shahardan oqib o‘tuvchi kanallarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ko‘p ta’kidlanmoqda. Siyob, Qorasuv va Obi-Rahmat kabi qadimiy kanallarining real ekologik holatini aniqlash, ifloslanish darajasi baholash hamda monitoringini olib borish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bu borada mazkur kanallar algoflorasini tadqiq etish, ularning mavsumiy va ekologik xususiyatlari izohlash orqali suvning ekologik holatini baholash imkoniyati beradi.

    Hozirgi kunda dunyoda suv resurslarini turli texnogen ta’sirlardan muhofaza qilish, tabiiy suv havzalari barqarorligini ta’minlash, ayniqsa undagi floraning biologik xilma-xilligini saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yirik shaharlardagi kanallar quruqlik suv havzalari suvo‘tlarining shakllanishi va taqsimlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning 46% xilma-xilligi yirik shaharlardagi kanallar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda, tabiiy suv havzalarining suvo‘tlarini har tomonlama o‘rganish, ekologiya-sanitariya holatini baholash va hamda uning kelajakdagi holatini bashorat qilish imkoniyatlarini amaliyotiga joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

    Jahondagi hozirgi zamonda texnogen omillar ta’siri kuchli bo‘lgan yirik shaharlardagi kanallar algoflora ya’ni suvo‘tlar holatini aniqlash hamda daryolarning turli moddalar bilan ifloslanish darajasini baholashni talab etmoqda. Bu o‘rinda katta strategik ahamiyatga ega yirik shaharlardagi kanallar o‘zining algoflora turlariga boyligi, undagi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik komponentlarining mavjudligi bilan muhim hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish orqali Samarqand shahridagi Siyob, Qorasuv va Obi-Rahmat kanallari algoflorasini o‘rganish, indikator-saprob turlarini tahlil qilish orqali suvning ekologik holatini baholash hamda ushbu kanallar algoflorasi turlar tarkibini aniqlash kabi muhim vazifalarni bajarish mumkin. Suvo‘tlari suv havzalari suvini tozalash va ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Gavhar Umrzoqova
Samarqand davlat universiteti
Biologiya fakulteti magistri