Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti talabalariga Trier universiteti (Germaniya) professori Frank Thomas dars o'tish va hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida kelgan edi.

    Xususan, olim talabalarga dars berish bir qatorda SamDU botanika kafedrasi dotsenti Akbar Ahmedov bilan birgalikda Nurota va Turkiston (Zomin) tog' tizmalari hamda janubiy-g’arbiy Qizilqum cho’lida ilmiy tadqiqot olib bordi.

    Ekspeditsiya davomida Haloxylon aphyllum (qora saksovul), Calligonum caput-medusae (qandim), Populus pruinosa (turanga) va Tamarix hisbida (yulg’un)larning antropogen va abiotic omillarga (suvsizlik va tuzga) chidamlilik hususiyatlarini o’rganish maqsadida o’simlik namunalari yig’ib olindi. Endilikda mazkur ishlanmalar Trier universiteti Geobotanika laboratoriyasida tahlil qilinadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.