Suzish mavsumi boshlanmoqda: nimalarga e’tibor berish kerak?

Hozirgi jazirama kunlarda basseyn va suv havzalarida hordiq chiqarish kishiga orom bag‘ishlaydi. Lekin suzishning ham o‘z qoidalari bor.
- Qanday hollarda suzish tavsiya etilmaydi?
- Suvda qo‘l va oyoqlar tomir tortishganda nima qilish kerak?
Tavsiya etiladi:
Ro‘yxatdan o‘tgan suv havzalarida, xavfsizlik qoidalari to‘liq rioya etiladigan joylarda;
Quyoshli kunda, shamolsiz havoda cho‘milish;
Havo harorati 25 darajadan yuqori bo‘lishi
Suv harorati 17-19 dan past bo‘lmasligi lozim.
Tavsiya etilmaydi:
Ro‘yxatdan o‘tmagan, xavfsizlik qoidalari rioya etilmaydigan oqar suvlarda;
Charchagan bo‘lsangiz;
Oftobda ortiqcha qizib ketgan bo‘lsangiz;
Qorningiz och bo‘lsa;
Chanqagan bo‘lsangiz;
Yaqindagina kasaldan tuzalgan bo‘lsangiz.
Shuningdek, agar suvda vaqtingiz tomir tortishsa:
Qo‘l barmoqlarida: panjangizni tezda musht qilib, qattiq qisib, qo‘lingizni yon tomonga keskin uloqtirganday harakatlantirib, mushtingizni ochib yuboring;
Boldir mushaklari tortishganda: engashib, tortishgan oyoq kaftidan ushlab oling, o‘zingizga tomon qattiq torting;
Son mushaklari tortishganda: to‘piq yaqinida oyog‘ingiz yuzini tashqi tomondan ushlab, oyog‘ingizni tizzadan bukib, orqaga - kuragingiz tomonga torting.
Internet manbalari asosida tayyorlandi