Nonushta qilish sogʻliq va kayfiyatni yaxshilab, vaznni bir xil saqlashga yordam beradi. Qon tarkibini yaxshilaydi. Ayniqsa, yurak xuruji va qon tomirlari trombotsitlari xavfini, zararli xolesterin birikmalarining miqdorini kamaytiradi. Nonushtani kanda qilmaydigan odamlarda yuqori intellekt va diqqat-eʼtibor kuchli boʻladi.

    Olimlarning taʼkidlashicha, ertalabki nonushtani rad etish taraqqiy etgan mamlakatlarda global semirishning asosiy sababidir. Nonushta qilmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttirishadi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻladi.

    Nonushtani tashlab ketadigan erkaklarda yurak xuruji yoki koronar kasalligidan oʻlish xavfi 25 foizga yuqori

    Nonushtadan voz kechgan 40 yoshgacha boʻlgan ayollar 5-20 kggacha ortiqcha vazn yigʻishadi.

    Har ikkala jinsda ham xolelitiyaz xavfi ortadi. 2 turdagi diabetning rivojlanish ehtimoli oshadi. Ishchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati pasayadi.

    Agar siz nonushta qilishga odatlanmagan va endi boshlashga harakat qilayotgan boʻlsangiz. U holda yengil tamaddidan boshlang, kaloriyalar sonini asta-sekin oshirib boring.