Turkiya Respublikasi, Ozarboyjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi kabi qardosh turkiy tilli davlatlar va Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston, Boshqirdiston, Yoqutiston kabi turkiy tilli respublikalar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar yanada mustahkamlandi.

    Endilikda turk dunyosining tili, adabiyoti, madaniyati, hamkorligi masalalarini o‘rganadigan ilmiy markazga ehtiyoj mavjud.  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.