Mazkur Turkologiya instituti O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan “Abadiy do’stlik haqida” gi hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik shartnomalariga, Samarqand davlat universiteti va Turkiyaning Istanbul, Marmara universitetlari o’rtasidagi akademik va ilmiy munosabatlar doirasida tashkil etilmoqda. Loyiha Turkiya Respublikasining hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan moliyalashtirilgan.