Angliyalik professor Samarqand davlat universiteti talabalariga dars o‘tdi…

Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalari uchun angilyalik professor, Rossiya va Yevroosiya tarixi bo‘yicha mutaxassis, Liverpul universiteti doktori Beatrice Penatining “XIX asrda O‘zbekistonda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi tarixi” mavzusida onlayn ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza avvalida Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi, dotsent Muxtor Nosirov darsni tashkil qilganligi uchun O'zbekistonning Angilyadagi elchixonasiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek britaniyalik professorga Samarqand davlat universiteti bilan kelajakda Liverpul universiteti professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalarini tashkil etish amaliyotini davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.
Buyuk Britaniyalik mutaxassis o‘z chiqishlarida tarixiy voqealar, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, xususan, XIX asrda zamonaviy O‘zbekiston hududida sholi yetishtirish haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, britaniyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga toʻxtalib, u Qarshi, Shahrisabz, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida sholi ekinlari hajmining o‘sishi 1868-1903-yillarda bu hududlarning mahalliy aholisi orasida bir qator murakkab kasalliklarni keltirib chiqargan bezgak parazitlari va chivinlarning ko‘payishiga olib kelganligini taʼkidladi.
Angliyalik ekspertning fikricha, 1893-yil bahorida hozirgi Sirdaryo viloyati hududida kuchli suv toshqini, Samarqand va Buxoro viloyatlari oʻrtasidagi suv resurslaridan noratsional foydalanish, sholi ekishni taqiqlash hududda aholining nosogʻlom ovqatlanishi va mahsulot taqchilligiga olib kelgan, bu esa O‘zbekistonda bezgak tarqalishining asosiy tabiiy va insoniy omillari bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston hududidagi yirik shaharlarda kasalliklarning tarqalish xaritasi hamda sholi yetishtirish maydonlarini qisqartirish va kasalliklarning yanada tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan sanitariya va qonunchilik choralari, bezgak parazitlari va chivinlari bilan kurashish uchun daryolarda baliqlarning yangi turlarini ko‘paytirish tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Britaniyalik ekspertning fikricha, bu hodisa O‘zbekistonda bezgak kasalligini o‘rganish bo‘yicha birlamchi ilmiy tibbiy tadqiqotlarning rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.