2022-yil 15-fevral kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi “Fulbright Teaching Assistant” va English Teaching Assistant (ETA) dasturi koordinatori amerikaliklik Kristofer Kouen Samarqand davlat universitetining xalqaro ta’lim dasturlari va filologiya fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilariga yangi o‘quv va badiiy adabiyotlarni taqdim etdi. Bu adabiyotlar orasida Stiv Jobs, Mishel Obama, Crazy Horse va Frederik Duglas kabi mashhur amerikalik biographic ijod namunalari, asarlari, jumladan “The Great Gatsby”, “The Adventures of Huckleberry Finn”, va “To Kill a Mocking bird ”,  Amerika tarixini o‘rganish bilan bog‘liq qo‘shimcha adabiyotlar, amerika folklor va an’analar antologiyasi, Smitsonning Amerika tarixining ensiklopediyasi va konstitutsiya tarixi kabi adabiyotlar o‘rin olgan.

    Taqdim etilgan audio materiallar va adabiyotlardan ingliz tili o‘qituvchilari va talabalari o‘quv jarayonida hamda og‘zaki nutqni rivojlantirish  kurslarida ham foydalanishlari mumkin. 

    - Samarqand davlat universitetida faoliyat olib borayotganimdan juda xursandman va ushbu manbalarni talabalar va hamkasblarim bilan baham ko‘rish men uchun quvonchli, - deydi Kristofer Kouen. Darslarda ma’ruza qilishdan tashqari, ingliz tili o‘rganish hamada mutaxassislik bo‘yicha malakasini rivojlantirish uchun haftada 4 marta tashkil etilgan og‘zaki nutqni shakllantirish kursiga tinglovchilarni qabul qilishdan juda ham mamnunman.

    Fulbright dasturi ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha (English teaching Assistance / ETA) amerikalik mutaxassislarni jahonning 80 dan ortiq mamlakatlarga yuboradi. Bular mahalliy ingliz tili o‘qituvchilariga mutaxassislik bo‘yicha assistentlik qilish va ko‘rsatmalar berish bilan birga AQSH uchun madaniyat elchisi sifatida xizmat qiladi. O‘zbekistonda ETA dasturi ishtirokchilari butun mamlakat bo‘ylab umumta’lim maktablari, universitetlar va maxsus institutlarda faoliyat yuritmoqdalar.

    O‘zbekistondagi Fulbrayt ETA dasturi haqida batafsil malumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz AQSh elchixonasining Toshkent shahridagi veb-sahifasidan: website yoki AQSh Elchixonasi Tashkent Telegram kanali U.S. Embassy Tashkent Telegram channel va American Center Tashkent Telegram kanaliga obuna bo‘ling American Center Tashkent Telegram channel! Yoki QR kod:

Samarqand davlat universiteti

Xalqaro hamkorlik bo‘limi