2018 yilning 25 yanvar kuni universitetimizning pedagogika, ijtimoiy ish, falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari va Qozon Federal universiteti qoshidagi Naberejno-Chelni instituti (Rossiya)dan hamkasblarimiz o‘rtasida teleko‘prik orqali muloqot amalga oshirildi.

  Videokonferensiya Qozon Federal universiteti qoshidagi Naberejno-Chelni institutining direktori M.Ganiyev va Samarqand davlat universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori M.Nasirovlarning tabrik so‘zlari bilan boshlandi va videokonferensiyaning yalpi majlis qismida universitetlarning faoliyatlari haqidagi videoroliklar namoyish etildi. Shundan so‘ng psixologiya fanlari nomzodi F.Narziqulova “O metodologicheskix problemax istorii psixologii (na primere istoriko-teoreticheskogo analiza psixologicheskix idey Ibn Sino)” mavzusida taqdimot qildi. Qozon Federal universiteti qoshidagi Naberejno-Chelni institutidan sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent L.Murtazakina “Brak, semya, deti v menyayuщeysya strukture sennostnшx oriyentatsiy provinsialnogo naseleniya” mavzusida, psixologiya fanlari nomzodi, dots. L.Zakirova “Izucheniye predstavleniya ob otsovstve u sovremennoy molodyoji” nomli mavzusi bilan, biologiya fanlari nomzodi, dots. R.Mustafina “Pokazateli predstavleniy o polo-rolevoy identichnosti u molodyoji” mavzusida, uchinchi bosqich talabasi A.Kazimov “Rol otsa v semeynom vospitanii” mavzularida ma’ruzalar bilan qatnashishdi. So‘ngra fan, ta’lim, kelajak avlod tarbiyasidagi muammolar, sotsiologiya va madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha diskussiya ko‘rinishidagi dolzarb savollar muhokama qilindi. Shuningdek, Samarqand davlat universitetidan prof. N.Shodiyev, dotsentlar M.Salaxutdinova, D.Vafayeva, S.Xurramova, M.Sulaymonov, D.Atayeva, M.Tavbayeva, doktorant R.Musinova va assistent Sh.Axmedovalar o‘rtaga tashlangan savollar muhokamasida faol qatnashdilar. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishga qaratilgan savollarga asosiy diqqat-e’tibor qaratildi. Shu bilan birga har ikkala oliygoh olimlarini qiziqtirgan tadqiqotchilik muammolari doirasi ham kelishib olindi. Keyingi vebinar 2018 yilning 8 fevral kuni mutaxassislar va talabalar ishtirokida o‘tkazilishi kelishib olindi.