Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Chet tillarini o'qitishning yangicha metodlari muhokama qilindi.

  Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan maktab o'quvchilariga rus tilini o’qitishning yangicha loyihalari ustida muhokama bo’lib o’tdi.

  Unda Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari bo’yicha prorektori Ahmadjon Soliyev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha prorektori Zebiniso Rahmonova, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Shodiyeva hamda universitet professor-o'qituvchilari, maktab direktorlari ishtirok etdi.

  Muhokamada maktablarda rus tilini o'qitishning bugungi kundagi holati, darsliklar, yangicha metodik usullar, yoshlarni til o'rganishga qiziqtirishning zamonaviy loyihalari atroflicha tahlil etildi.

  Maktab o'qituvchilarining o’zaro tajriba almashishi, rus tilini o’qitishda sustkashlikka yo'l qo'yilayotganligi va ayrim fanlarni o'qitishda rus tili mutaxassislarining yetishmasligi alohida ta’kidlab o'tildi.

  Kelgusida Jomboy, Toyloq, Oqdaryo va Samarqand tumanidagi maktablarda hamkorlikda rus tilini o'qitishning yangicha usullaridan foydalanish taklifi ilgari surildi. Tomonlar birgalikda ishlash uchun o'zaro vazifalarni belgilab olishdi.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar